Tojikistonda qor ko‘chkisi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
16 fevral 2023 9553 1 daqiqa
Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida turar-joy binolari ustiga qor ko‘chishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi. Bu haqda Tojikiston favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tog‘li Badaxshonda 14 kishi, Varzob tumanida 1 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, 35 ta turar-joy binosi va 5 ta maishiy ob’ekt zarar ko‘rgan.
Manbaga ko‘ra, 13 fevraldan 15 fevralgacha Tog‘li Badaxshonda qor ko‘chkisi bilan bog‘liq 27 ta holat qayd etilgan. Aholi xavfli hududlardan xavfsiz joylarga ko‘chirilgan. Jumladan, Vanj tumanida 11 ta, Rushon tumanida 335 ta, Shug‘non tumanida 10 ta, Roshtqal’a tumanida 39 ta, Xorug‘ shahrida 17 ta oila evakuatsiya qilingan.
Hozirda Tojikistonning ayrim hududlarida qor qoplamining qalinligi deyarli bir metrga yetgan. Sinoptiklar qor ko‘chkisi xavfi 19 fevralgacha saqlanib qolishini ma’lum qilgan.
Alibek Beyjanov
Live
Barchasi