“Toshkentshahargaz” sobiq xodimi firibgarlik ustida ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentda “Toshkentshahargaz” ta’minoti sobiq xodimi firibgarlik yo‘li bilan fuqarodan 16,5 million so‘mni olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Yunusobod tumanida “Toshkentshahargaz” ta’minoti sobiq xodimi B.N. firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida, tashkilotning xizmat guvohnomasiga soxta ma’lumot kiritgan. Shundan so‘ng, B.N. fuqaro A.ga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda tabiiy gaz tarmog‘iga ulanish uchun loyiha hujjatlarini tayyorlab berishni va’da qilgan. 

Ma’lum qilinishicha, B.N. loyiha hujjatlarini tayyorlab berish evaziga fuqarodan 16,5 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing