Toshkentdagi ikkita muhim yo‘lda yuk mashinalari harakatini taqiqlashmoqchi
Jamiyat
−
23 dekabr 2021
6183Toshkent shahri yo‘llarida tirbandlikning oldini olish maqsadida yuk avtotransporti vazniga qarab shahar markaziga kirish uchun cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasida belgilangan.
Konsepsiyada Toshkent shahri hududida yuk trancporti harakatiga ma’lum vaqt oralig‘ida cheklovlarni o‘rnatish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilangan:
• Toshkent shahri Nurafshon halqa aylanma yo‘li ichida N2 (yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan ortiq, lekin 12 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari. Masalan, Isuzu avtofurgonlari) va N3-toifadagi (yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 12 t dan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari. Masalan, davlatlararo yuk tashuvchi furgonlar) yuk transporti harakatlanishini cheklash;
• Toshkent shahri Kichik halqa aylanma yo‘li ichida N3-toifadagi yuk transporti harakatlanishini cheklash;
• Yuk transporti harakatini taqiqlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish.
Konsepsiyaning mazkur bandi ijrosiga Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi mas’ul etib belgilangan.
LiveBarchasi