Toshkentdagi barcha chorrahalarga foto va video radarlar o‘rnatiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida mavjud barcha chorrahalar yo‘l harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahar jamoat transporti tizimini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, Tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda chorrahalarni o‘rganib chiqiladi. Mavjud 605 ta chorrahaning barchasiga zamonaviy maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalarini o‘rnatiladi.

Shuningdek, 494 ta chorrahaga o‘rnatilgan barcha maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalarini yo‘l harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi.

Avvalroq, Toshkent markazidagi 10 ta ko‘chada pullik avtoturargohlar tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing