Toshkentdagi Amiti universitetiga rektor tayinlandi
Jamiyat
−
17 iyun 2019 4516 1 daqiqa
Aziz Muhitdinov Toshkent shahridagi Amiti universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Aziz Muhitdinov bunga qadar “UNICON.UZ” korxonasida AKTni rivojlantirish va joriy qilish bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Aziz Muhitdinov 1985 yili Toshkent shahrida tavallud topgan. 2009 yilda M.A. Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetini tamomlagan.
U AKT vazirligi, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tizimida turli vazifalarda, shuningdek “UZINFOCOM” markazida direktor vazifasini bajaruvchi lavozimida ham ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Hindistonning Amiti universiteti hamkorligida Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 yanvardagi qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi Amiti universiteti 2019 yilning sentyabr oyidan o‘quv yilini ochadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025