Toshkentda YTH. Avtobus piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi
3-sahifa
−
07 yanvar 2022 8320 1 daqiqa
Kecha, 6 yanvar kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda piyoda vafot etgan. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea 6 yanvar kuni soat 19:50 atrofida Olmazor tumanining Usta Shirin ko‘chasi Jomiy qurilish bozori oldida yuz bergan. 1964 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Isuzu rusumli 43-sonli yo‘nalish avtobusi svetoforda to‘xtash uchun sekinlashgan va shu vaqtda yo‘l qatnov qismining birinchi bo‘lagida ketayotgan piyoda muvozanatni yo‘qotib, avtobus tomonga yiqilgan.
Oqibatda piyoda voqea joyida vafot etgan. Dastlabki xulosaga ko‘ra u mast holatda bo‘lgani aytilmoqda.
“Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda. "Toshshahartransxizmat" AJning Harakat xavfsizligini nazorat etish bo‘limi tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkaziladi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi