Toshkentda YTH. Haydovchi 9 ta mashinaga yetkazilgan moddiy zararni qoplashga majbur etiladimi?

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahar Yunusobod tumanida BMW 850i rusumli avtomobil bir nechta mashinaga to‘qnashib, YTH sodir etgani haqida xabar bergan edik. Mazkur to‘qnashuv haqida Toshkent shahar IIB YHXB Matbuot xizmati rasmiy xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 6 noyabr kuni taxminan, soat 21:30 da Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi, 1-uy qarshisida 10 ta avtomashina bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu to‘qnashuvga BMW 850i rusumli avtomobilning yuqori tezlikda harakatlanib, Nexia-3 rusumli avtomashina urilishi sabab bo‘lgan. Oqibatda, harakatsiz yo‘l chetiga olib qo‘yilgan 3 ta – Captiva, KIA CARNIVAL, Matiz, Spark, Cobalt, Malibu rusumli avtomashinalarga jiddiy zarar yetgan. 

“Voqeaga guvoh bo‘lgan fuqarolarning fikriga qaraganda, BMW 850i avtomashinasi katta tezlikda harakatlangan. Toshkent shahri hududida tezlikning maksimal darajasi 70 km. soat bo‘lishi kerak. Voqea sodir bo‘lgan hududda mashinalar gavjum harakatlanishini hisobga olganda tezlikni oshirish juda xavfli”, deyiladi xabarda.

Hodisa o‘rganilishi jarayonida BMW 850i avtomashinasiga jiddiy zarar yetgani aniqlangan. Aholi fikriga qaraganda, bunday rusumdagi qimmatbaho “inomarka” shahar bo‘yicha yagona. BMW haydovchisi olgan tan jarohati yuzasidan shifoxonaga yotqizilgan. Boshqa jarohatlanganlar yo‘q. 

Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu surishtiruv ishlari yakunlangach, voqeaga sababchi bo‘lgan shaxsga moddiy zararni qoplab berish majburiyati yuklanishi kutilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMW

Baholaganlar

528

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing