Toshkentda Mehribonlik uyi tarbiyachisi bolalardan birini kaltakladi

3-sahifa

image

Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan 21-sonli Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolaga erkak tarbiyachi kuch ishlatib, jismoniy tazyiq o‘tkazgani aniqlandi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar oyida Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga Toshkent shahrida joylashgan 21-sonli Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan A. ismli bolaga B. ismli (erkak) tarbiyachi kuch ishlatib, jismoniy tazyiq o‘tkazayotgani haqida ma’lumot kelib tushgan. Bola huquqlari bo‘yicha vakil ushbu holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazgan.

“Tarbiyalanuvchi A. bilan suhbat o‘tkazilganida, yuqoridagi holatlarni tasdiqladi. Uning o‘ng tirsak sohasi lat yeb, ko‘kargani ma’lum bo‘ldi.  Shuningdek, tarbiyalanuvchining so‘zlariga ko‘ra, navbatchi tarbiyachi yuqoridagi holat bo‘lishidan oldin ham bir necha marotaba uning tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Biroq, u qo‘rquv ostida ushbu holatlar haqida hech kimga murojaat qilmagan”, deyiladi xabarda.

Monitoring jarayonida tarbiyalanuvchining tanasi shifokorlar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning tanasida ko‘kargan yaralar borligi, so‘zlariga ko‘ra, bosh qismida ham og‘riq mavjudligi aniqlangan. Tarbiyalanuvchi A. navbatchi hamshiraning oldiga tushib, o‘ng ko‘lining lat yeb, ko‘kargan tirsak qismiga surtma dori surdirganlik holati “Ambulator jurnali”da qayd etilmagani ham  ma’lum bo‘lgan. 

“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga holatni o‘rganib, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan tan jarohati yetkazilganligiga huquqiy baho berilishi so‘raldi. Shu bilan birga, kelgusida A.ga nisbatan bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli xil tazyiq va boshqacha ta’sirlarning oldini olish maqsadida navbatchi tarbiyachini mehnat qonunchiligiga muvofiq vaqtinchalik ishdan chetlatish masalasi ko‘rib chiqilishi uchun Xalq ta’limi vazirligiga xat kiritildi”, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

323

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing