Toshkentda qarindoshini o‘ldirgan yigit 11 yilga “kesildi”

3-sahifa

image

Toshkentda qarindoshlar o‘rtasidagi janjal birining o‘limi bilan yakunlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.

Joriy yilning 7 avgust kuni Chilonzor tumanida bir biriga qarindosh bo‘lgan yigitlar o‘zaro janjallashib qolgan. Oqibatda 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro qarindoshi – 1993 yilda tug‘ilgan shaxsning chap ko‘krak sohasiga pichoq urgan.

Sud tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, jabrlanuvchi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli vafot etgan.

“7 avgust kuni xolamning o‘g‘li bilan telefonda janjallashib, so‘kishib ketdik. Bir joyga borib o‘tirganimizda menga qo‘l ko‘targanlarida yiqilib, cho‘ntagimdagi 20 santimetrli pichoqni tiqib oldim. Birinchi marta tiqqanimda qarshilik qilishda davom etdi, shundan so‘ng yana ikki marta tiqdim. Uni shifoxonaga olib ketishdi, men voqea joyidan ketdim. Pichoqni agar yana ursa, qo‘rqitaman degan maqsadda olgan edim. Biz juda yaqin bo‘lganmiz, bir-birimizni yaxshi ko‘rganmiz”, deydi ayblanuvchi.

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybli deb topilgan. U 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan hamda jazosi o‘tash uchun umumiy tartibli koloniyaga jo‘natilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing