Toshkentda IIBB xodimlari fuqarolarga kuch ishlatgani aytilgan xabarga izoh berildi
Jamiyat
−
06 fevral 2022 11129 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Qo‘yliq hududida Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilib, fuqarolarga nisbatan jismoniy kuch ishlatayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi izoh berdi.
Qayd etilishicha, xabar haqiqatdan yiroq. 2021 yil 31 dekabr kuni huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, poytaxt aholisi va mehmonlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari Toshkentda "Xavfsiz poytaxt" konsepsiyasi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazgan. Xodimlar aholiga nisbatan kuch ishlatmagan, hech kimga badan shikastlari yetmagan.
"Fuqarolardan ma’lumotlarni rasmiy manbalardan olishlarini iltimos qilamiz", deyiladi xabarda.
Shuningdek, IIBB noto‘g‘ri xabarlarni tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligini ham eslatib o‘tgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Live
Barchasi