Toshkentda fuqarolardan 6,1 mlrd so‘mni aldab olgan “avtosalon egalari” qamaldi
3-sahifa
−
27 mart 2024 6438 1 daqiqa
Fuqarolardan 6 mlrd 155 mln so‘mni aldab olgan “avtosalon egalari” qamaldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, oldindan jinoiy til biriktirgan 3 nafar shaxs tomonidan poytaxtning Alisher Navoiy ko‘chasida “My-Cars” nomi bilan avtosalon ochilgan.
2022 yil 16 yanvardan 2023 yilning 2 avgust kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida ushbu jinoiy sheriklar “avtomashinalarni 3 oy muddat ichida avtosalondan chiqarib, yetkazib berish”ni aytib, jami 74 nafar fuqaroning 40 mln so‘mdan to 200 mln so‘mgacha bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi, jami – 6.155.000.000 so‘mlik pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Xaridorlarni qabul qilishda esa ular go‘yoki “GM Uzbekistan” bilan shartnoma tuzganliklarini aytib aldashgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi Jinoyat kodeksining 168-moddasining tegishli bandlari bilan ayblanuvchilarga 8-9 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025