Toshkentda BMW va Onix to‘qnashib ketdi. Jabrlanganlar bor

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida BMW hamda Onix mashinalari to‘qnashib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 25 fevral kuni soat 23:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Yahyo G‘ulom-Mahtumquli ko‘chasida BMW va Onix rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l transport hodisasi (YTH) sodir bo‘lgan.

YTH ortidan Onix avtomashinasining haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida BMW mashinasi yonib ketgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent BMW

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing