Toshkent viloyatida temir yo‘l simlarini o‘g‘irlagan shaxslar 5 yilga “kesildi”

3-sahifa

image

Toshkent viloyatidagi temir yo‘lda o‘g‘rilik qilgan shaxslar 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilning may oyida Toshkent viloyatidagi “Aqcha-Obliq” temir yo‘l bekatidan o‘tuvchi yuk va yo‘lovchi poyezdlar elektrovozlarini yuqori kuchlanishli elektr energiyasi bilan ta’minlovchi simlarning jami 140 metri kesib olingan va Damas mashinasiga yuklangan. 
Mazkur jinoyatni respublikaning turli hududlarida yashovchi 3 nafar shaxs sodir etgani aniqlangan. Ular simlarni olib ketayotgan vaqtda qo‘lga olingan.  

Shuningdek, ular bunga qadar “Kuchlik-To‘ytepa” temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi 87,5 m elektr simlarini hamda “Ohangaron-Aqcha” temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi 100 m elektr simlarini kesib olib, sotib yuborgan. 

3 nafar shaxs Jinoyat Kodeksning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, ularning har biriga 5 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing