Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida ekologiya sohasiga oid masalalarni ko‘rib chiqishda tizimli ravishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, kecha, 16 dekabr kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining videoselektor tarzidagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Qo‘mita raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov boshqargan majlisda qo‘mita tizimida murojaatlar bilan ishlash holati tanqidiy tahlil qilingan.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 11 oyi davomida qo‘mitaga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar jami 6697 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,75 baravar ko‘paygan. Shundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “pm.gov.uz” virtual qabulxonasi orqali 4665 ta, og‘zaki shaklda 1215 ta, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozma ravishda 817 ta murojaat kelib tushgan.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda eng ko‘p murojaatlar Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelishi (710 ta yoki jami murojaatlarning 15 foizi) va aksariyatining yechimi belgilangan muddatida ta’minlanmagani, shuningdek, ushbu viloyatda ekologiya sohasiga oid masalalarni ko‘rib chiqishda tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani, bunga birinchi navbatda boshqarma boshlig‘ining mas’uliyatsizligi sabab bo‘layotganini inobatga olgan holda Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etilgani ta’kidlangan.

Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 14 nafar mas’ulga nisbatan “xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

132

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing