Toshkent shahar hokimligi aholiga ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
17 iyun 2022
22009Bugun, 17 iyun kuni Toshkent shahrida kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu bois shahar hokimligi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
“Sizdan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishingizni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalaringizni qo‘ymasligingizni so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yog‘ingarchiliklar bilan bog‘liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog‘lanishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi