Toshkent xalqaro aeroporti faoliyati cheklandi

Jamiyat

−

image

Toshkent xalqaro aeroporti havo kemalarini qabul qilishni to‘xtatdi. Bunga quyuq tuman sabab bo‘ldi, ko‘rish darajasi 300 metrni tashkil qilmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ xabar qildi.

Nukus-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY16 reysi manzil aeroportida ko‘rish imkoniyati yomonligi sababli Navoiydagi muqobil aerodromga jo‘nab ketgan.

Beshta samolyot ekipajlari parvoz qilishga qaror qilishgan. Xususan, Toshkentdan quyidagi reyslar amalga oshirildi:

  • HY 303 - Toshkent - Tel-Aviv;
  • KC 128d - Toshkent – Olma-ota;
  • HY 3601 - Toshkent – Moskva;
  • HY 3631 - Toshkent - Sankt-Peterburg;
  • HY 9687 - Toshkent - Krasnodar.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

344

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing