Toshkent byudjeti: qaysi sohaga qancha mablag‘ ajratiladi?
Jamiyat
−
10 yanvar 2023 4751 3 daqiqa
Toshkent shahrining 2023 yil uchun mahalliy byudjeti tasdiqlandi. 4 yanvar kuni shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning E-qaror portaliga joylashtirilgan “2023 yil uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi poytaxtining umumiy byudjeti 6,414 trln so‘mga teng. Bu 2022 yilgi byudjetdan qariyb 2 trlnga ko‘p.
Ushbu mablag‘lar sohalarga quyidagicha taqsimlangan. (So‘m hisobida, o‘tgan yilgi ajratilgan mablag‘lar qavs ichida berildi)
1. Toshkent shahar hokimligi 2 trln 751 mlrd (1 trln 515 mlrd)
2. Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasi 69 mlrd 933 mln (52 mlrd 932 mln)
3. Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi 5 mlrd 474 mln (5 mlrd 413 mln);
4. Bandlik va mehnat munosabatlari bosh boshqarmasi 1 mlrd 906 mln (2 mlrd 221 mln);
5. Obodonlashtirish bosh boshqarmasi 474 mlrd 720 mln (355 mlrd 433 mln);
6. Xalq ta’limi bosh boshqarmasi 307 mlrd 372 mln (287 mlrd 951 mln);
7. Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi 1 trln 854 mlrd 229 mln (936 mlrd 622 mln);
8. Madaniyat bosh boshqarmasi 73 mlrd 57 mlrd (64 mlrd 594 mln);
9. Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi 44 mlrd 804 mln (60 mlrd 952 mln);
10. Qurilish bosh boshqarmasi 2 mlrd 204 mln (2 mlrd 121 mln);
11. Toshkent shahar Adliya boshqarmasi 3 mlrd 964 mln (6 mlrd 226 mlrd);
12. Toshkent shahar Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi 3 mlrd 803 mln (3 mlrd 940 mln);
13. Davlat arxivi boshqarmasi 2 mlrd 313 mln (1 mlrd 999 mln);
14. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi 19 mlrd 617 mln (11 mlrd 948 mln);
15. G‘aznachilik boshqarmasi 10 mlrd 425 mln (5 mlrd 830 mln);
16. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi 135 mlrd 130 mln (842 mlrd 242 mln);
17. Transport boshqarmasi 4 mlrd 456 mln (3 mlrd 956 mln);
18. Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi 1 mlrd 44 mln;
19. Toshkent shahar yuristlar markazi xarajati 3 mlrd 473 mln;
20. Turizmni rivojlantirish boshqarmasi 2 mlrd 470 mln (4 mlrd 232 mln);
21. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmasi 2 mlrd 540 mln (2 mlrd 289 mln);
22. Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi 2 mlrd 488 mln (1 mlrd 741 mln);
23. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasini saqlash xarajatlari 93 mlrd 131 mln (2 mlrd 93 mln);
24. Toshkent shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi 12 mlrd 134 mln (10 mlrd 800 mln);
25. Cportni rivojlantirish boshqarmasi 48 mlrd 347 mln (31 mlrd 96 mln);
26. Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish boshqarmasi 5 mlrd 587 mln (4 mlrd 986 mln);
27. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi 36 mlrd 849 mln (710 mlrd 927 mln);
28. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi 2 mlrd 884 mln (2 mlrd 523 mln);
29. Toshkent shahar saylov komissiyasi 68 mln (60 mln);
30. O‘simliklar karantini inspeksiyasi 6 mlrd 914 mln (6 mlrd 187 mln);
31. Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmasi (FHDYO) 3 mlrd 910 mln (3 mlrd 26 trln);
32. Yoshlar agentligi hududiy bo‘linmasi 2 mlrd 896 mln (4 mlrd 988 mln);
33. Kinematografiya agentligi Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi 219 mln;
34. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi 2 mlrd 567 mln;
35. Qutqaruv xizmati boshqarmasi 2 mlrd 828 mln;
36. Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi 928 mln;
37. Mudofaa boshqarmasi va bo‘limlari 14 mlrd 815 mln;
38. Ichki ishlar boshqarmasi xarajatlari 42 mlrd 91 mln;
39. Boshqa xarajatlar 224 mlrd 354 mln (183 mlrd 526 mln).
Shuningdek, mahalliy byudjetning Toshkent shahri va tumanlar o‘rtasidagi taqsimoti bo‘yicha, eng ko‘p mablag‘ Toshkent shahriga ajratilgan – 4 trln 429 mlrd so‘m.
53 mlrd so‘m miqdoridagi eng kam mablag‘ esa Bektemir tumaniga tegdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq toshkentliklardan undiriladigan soliqlar poytaxt byudjetiga qancha foyda keltirishi haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr