“Tolibon” avtomobilda musiqa yoqishni taqiqladi
Olam
−
26 dekabr 2021 7056 1 daqiqa
Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan toliblar avtomobillarda musiqa yoqishni va hijobsiz ayollarni mashinaga o‘tqazishni taqiqladi. Bu haqda “Kabul News” xabar bergan.
“Islom diniga yo‘naltirish vazirligi nashrga haydovchilarga musiqa yoqmaslik va hijobsiz ayollarni mashinaga o‘tqazmaslik haqida yozma tavsiya berilganini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, mamlakatdagi mehmonxonalardan birining egasi toliblar Afg‘onistondagi to‘ylarda jonli musiqani taqiqlaganini, endi erkaklar va ayollar turli zallarda bayram qilishlari kerakligini aytgan edi.
Ma’lumot uchun, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi.
Qayd etish kerakki, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, minglab afg‘onlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afg‘onistonda tarafdorlari ko‘pligiga shubha yo‘q, biroq ular hokimiyatga kelgach ko‘plab qiyinchiliklarga uchramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yo‘qotishlar katta.
Live
Barchasi