Tinkov Rossiya fuqaroligidan voz kechdi

Olam

image

Rossiyadagi Tinkoff banki asoschisi, tadbirkor Oleg Tinkov Rossiya fuqaroligidan chiqishini ma’lum qildi. U fuqarolikdan chiqqaniga ishora qiluvchi hujjatni o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirgan.

U o‘z harakatini urushga qarshi fikrlar bilan izohlagan.

“Shunday fuqarolik pasportim borligidan uyalaman”, degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tinkov endi Rossiya bilan aloqador bo‘lishni istamaydi.

Shuningdek, u Putin rejimi va uning iqtisodini zaiflashtirish uchun boshqa tadbirkorlarni o‘zidan o‘rnak olishga chaqirgan.

Bundan tashqari, tadbirkor Putinga qarshi bo‘lsada, Ukrainadagi harbiy amaliyotlarga qarshi chiqqan barcha rossiyaliklarga muhabbat izhor etishini ta’kidlagan.

"Men sizdan ko‘ra Rossiyaning vatanparvariman. Siz gapirayotganingiz uchun, men shunday  qildim va qilaman. Men Rossiya qahramoniman”, deydi u soxta vatanparvar insonlarni nazarda tutib.

Qayd etish kerakki, Tinkov bir necha bor Ukrainadagi mojaroga qarshi chiqqan. U "davlatlar urushga emas, balki odamlarni davolashga, saraton kasalligini yengish bo‘yicha tadqiqotlarga pul sarflashlari kerak", deb hisoblaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Oleg Yurevich Tinkov - rossiyalik tadbirkor. 2006 yilda u o‘zining Tinkoff bankiga asos solgan. 2022 yil fevral holatiga ko‘ra, bank Rossiya banklari orasidagi aktivlar bo‘yicha 12-o‘rinni va o‘z kapitali bo‘yicha 12-o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

318

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing