Mudhish YTHda 14 kishi, jumladan 6 jurnalist vafot etdi

Olam

image

Kecha, 11 yanvar kuni Tanzaniya shimolida yengil avtomobil hamda mikroavtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda taxminan 14 nafar odam halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida 6 nafar jurnalist ham borligi aytilmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, jurnalistlar Simiyyu viloyatiga tanishuv sayohatini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Ammo to‘satdan ularning mashinasi mikroavtobus bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda11 kishi voqea joyida, yana uch kishi shifoxonada vafot etgan.

Xabarga ko‘ra, YTH oqibatida ITV telekanalining ikki nafar xodimi, ikki nafar jamoatchilik bilan aloqalar mutaxassislari, “Habari Leo” nashri ishchisi va ularning haydovchisi hayotdan ko‘z yumgan.

Mamlakat Prezidenti Samiya Suluxu Hasan o‘zining Twitter sahifasida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
 
“Men Mvanza avtokollanasidagi mashinaning yo‘nalish taksisi bilan to‘qnashuvi oqibatida 14 nafar odamning, xususan 6 nafar jurnalistning o‘limidan chuqur qayg‘udaman. Halok bo‘lganlarning oila a’zolariga, jurnalistlarga hamdardlik bildiraman”, degan Prezident.

Ta’kidlanishicha, yo‘l-transport hodisasiga nima sabab bo‘lgani va u qanday sharoitda kelib chiqqani politsiya tomonidan aniqlashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

498

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing