Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
Olam
−
27 dekabr 718 2 daqiqa
Tailand va Kambodja ikki davlat chegarasida 20 kun davom etgan shiddatli janglardan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish rejimi qayta tiklanishi haqida qo‘shma bayonot imzoladi. Bu haqda voqea joyidan Tailand davlat telekanali Thai PBS xabar berdi.
Tailand Mudofaa vaziri Nattxapxon Nakpxanit va Kambodja Mudofaa vaziri Tea Seyxa 27 dekabrdan boshlab o‘t ochishni to‘xtatish rejimi qayta joriy etilishini nazarda tutuvchi hujjatni imzoladi.

Tailand va Kambodja chegarasida og‘ir harbiy texnika, artilleriya va aviatsiya qo‘llangan qurolli to‘qnashuvlar 7 dekabr kuni qayta boshlangan edi. Tailand Qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, 22 dekabr holatiga 22 nafar harbiy halok bo‘lgan, 120 dan ortiq kishi yaralangan. Kambodja rasmiylari esa 30 nafar tinch aholi vafot etgani va 87 kishi jarohat olganini ma’lum qilgan. Chegara hududlarida har ikki tomondan 400 mingdan ortiq odam uy-joyini tark etishga majbur bo‘lgan.
Tailand va Kambodja o‘rtasidagi hududiy nizolar o‘z ildizini Fransiya mustamlakasi bo‘lgan Hindixitoy davrlaridan oladi. Siam qirolligi (hozirgi Tailand) bilan chegaralarni belgilash ishlari 1907 yilda yakunlangan, biroq ayrim hududlar yetib borish qiyinligi sabab komissiya e’tiboridan chetda qolgan. Kambodja 1953 yilda Fransiyadan mustaqillikka erishgandan so‘ng, aynan shu hududlar tortishuv mavzusiga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Tailand va Kamboja rahbarlari AQSH Prezidenti Donald Tramp ishtirokida kengaytirilgan otishmani to‘xtatish kelishuviga imzo chekkagdi.
Live
Barchasi