“Sporting” sobiq futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Sport
−
31 Oktabr 2022 2506 1 daqiqa
"Sporting" qishki transfer oynasida "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olishga urinib ko‘radi. Bu haqda "Mirror" nashri xabar berdi.
Manba xabariga ko‘ra, "Sporting" qishda portugaliyalik hujumchi uchun taklif bilan chiqishga tayyor. Taxminlarga ko‘ra, klub "Manchester Yunayted"ga Ronalduning maoshini yarmini taklif qilishi mumkin.
Avvalroq Ronaldu Portugaliyada 11 million yevroga villa sotib olgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu professional futbolchilik faoliyatini "Sporting"da boshlagan. Lissabon klubi tarkibida u 31 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ronalduning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.
Shaxzod Shukurov
Live
Barchasi