Shavkat Mirziyoyev joriy haftada yana xorijga safar qiladi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2022 16825 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 27 oktyabr kuni “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘iston poytaxti Ostonaga safar qiladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Hafta davomida davlat rahbari Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishelni qabul qiladi.
Bundan tashqari, hozirda qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda.
27 oktyabr kuni davlat rahbari “Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahriga tashrif buyuradi.
Mazkur ish haftasidan boshlab hudud rahbarlari joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha Prezident huzurida hisobot berishni boshlaydilar.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimidagi joriy va kelgusi ustuvor vazifalar yuzasidan muhokamalar rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga safar qilgandi.
Live
BarchasiMen diktatorman – Tramp
10:14