Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 yanvar kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida mustahkamlashning dolzarb masalalari batafsil ko‘rib chiqilgan. 

O‘zaro savdo ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi, sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport sohalarida amaliy hamkorlik ko‘lamining kengayishiga xizmat qilayotgan kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlangan. Hududlararo almashinuvlar faollashib, birgalikda muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Yetakchilar yaqinda o‘tgan hukumatlararo muzokaralarning natijalarini yuksak baholab, ikki birodar mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni tubdan kengaytirish muhim ekanini qayd etganlar.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari mintaqa kun tartibi va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik jihatlari yuzasidan fikr almashgan. Bo‘lajak uchrashuv va tadbirlar rejasi muhokama qilingan.

Telefon orqali muloqot har doimgidek iliq, do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing