Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashadi
Jamiyat
−
28 iyun 2021
3341Ayni damda O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovning brifingi boshlandi. Unda Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 iyun kuni Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan uchrashishi ma’lum qilindi.
Dastlab o‘tgan hafta davomida Prezident ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish, uchrashuvlar haqida qo‘shimcha axborot, imzolangan yangi hujjatlar to‘g‘risida sharh berildi.
Davlat rahbarining haftalik ish jadvali:
- Bugun, 28 iyun kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan uchrashuv, mis ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish;
- ertaga, 29 iyun kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari, 1 iyul kuni uzum yetishtirish va qayta ishlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar;
- 30 iyun kuni O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi doirasida yoshlar bilan uchrashuv.
Hafta davomida rRspublika hududlariga amaliy tashrif ham rejalashtirilgan. Bu haqda qo‘shimcha tarzda batafsil ma’lumot beriladi.
LiveBarchasi