Shakiri faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
Sport
−
05 fevral 2022 2562 1 daqiqa
“Bavariya” hamda “Liverpul” dagi o‘yinlari bilan muhlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Jerdan Shakiri “Chikago Fayr” jamoasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha tomonlar allaqachon shartnoma shartlarini kelishib olishgan.
Joriy mavsumni “Olimpik Lion” safida o‘tkazayotgan futbolchi, 11 o‘yinda ikkita gol urgan va uchta assist amalga oshirgan. Mazkur transferdan fransuz klubi 7 mln yevro atrofida mablag‘ ishlab olishi mumkin.
2009 yili katta futbolga kirib kelgan shveysariyalik futbolchi shu kungacha ikki martadan Chempionlar ligasi, Yevropa superkubogi hamda Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibiga aylangan. Shuningdek, uch martadan Shveysariya chempionati va kubogini, 2 martadan Germaniya chempionat va kubogini, bir marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan. Umumiy 386 o‘yinda 66 marta raqibalr darvozasini ishg‘ol qilgan.
Ma’lumot uchun, Shakiri o‘tishi kutilayotgan Chikago jamoasi o‘tgan mavsum MLSda 34 o‘yindan so‘ng 9 g‘alaba, 7 durang va 18 mag‘lubiyat qayd etib, 34 ochko to‘plagan holda yakunda chempionatni 22-o‘rinda yakunlagan. 26 fevraldan start oladigan bu yilgi MLS bahslarida “Chikago Fayr” jamoasi 1 turda Devid Bekxemga tegishli “Inter Mayami” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Navro‘zbek Mamaziyoyev
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr