Senatorlar “propiska”ni qonunchilikdan butunlay chiqarishni ma’qulladi

Jamiyat

image

Bugun, 4 fevral kuni Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Mazkur qonun bilan qonun hujjatlardagi “doimiy propiska qilish” va “turgan joyi bo‘yicha hisobga olish” tushunchalarini “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” va “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” tushunchalariga almashtirilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan xorijga chiqish biometrik pasporti joriy qilinganligi sababli qonunchilikka tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish,  bir qator qonunlarga biometrik pasportga oid ishlatilayotgan tushunchalar kelgusida identifikatsiya ID-kartasi bilan qo‘llanilishi sababli identifikatsiya ID-kartasi tushunchasi kiritish belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, qonun qabul qilinishi natijasida huquqni qo‘llash amaliyotida “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” normalarining bir xilda bo‘lishi hamda bir xil ko‘rinishda qo‘llanilishiga, identifikatsiya ID-kartasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tushunchalar va huquqiy qoidalar moslashtirilishiga erishiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

455

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing