Sardor Umurzoqov yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 10 iyul kuni Sardor O‘ktamovich Umurzoqov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tegishli farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, Sardor O‘ktamovich Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi tugatilgan.

Ma’lumot uchun, Sardor Umurzoqov 1977 yil 23 noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan.

2007 yilda Umurzoqov Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar G‘aznachiligi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. U 2014-2017 yillarda “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining maslahatchisi, 2017-2018 yillarda rais o‘rinbosari bo‘lgan. Uyushma qayta tashkil etilib, “O‘zcharmsanoat”ga aylantirilgach, 2018-2019 yillarda unga raislik qilgan.

Sardor Umurzoqov 2019 yil 28 yanvarda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, 2022 yilning 16 iyul kuni Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlangan.

2023 yil avgust oyida Sardor Umurzoqov Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. 2025 yilning iyulidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing