Samarqandda dekan o‘rinbosari pora bilan ushlandi
Jamiyat
−
04 noyabr 2022 9931 1 daqiqa
Samarqand davlat chet tillari institutida dekan o‘rinbosari fuqaroni Yodju texnika instituti Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vada qilib, evaziga undan pul olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dekan o‘rinbosarining jinoiy xatti-harakatlariga chek qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, Samarqand davlat chet tillari instituti ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari I.O. fuqaroni Yodju texnika instituti Samarqand filialiga 6 ming AQSH dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. U kelishilgan pulning 1000 dollarini oldindan olgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida I.O. 4800 AQSH dollarini fuqarodan olayotgan vaqtda ushlangan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi