Samarqandda 1 gektar yerni $20 mingga pullagan fermer ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda o‘ziga qarashli xo‘jalik yeridan 1 gektarini fuqaroga issiqxona qurish uchun sotish evaziga 20 000 AQSH dollari olgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlandi. Bu haqda  Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Samarqand tumanidagi  “T.A.” fermer xo‘jaligi rahbari J.T. xo‘jalikning sug‘oriladigan yer maydonining 1 gektarini fuqaro D.ga firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, tanishlari yordamida ushbu yer maydonida issiqxona qurish uchun hujjatlarni tayyorlab berishni va’da qilgan. Buning evaziga esa fuqarodan 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing