Samarqand viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
Jamiyat
−
27 yanvar 2022
13459O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining buyrug‘iga asosan Asqar Narziyevich Umarov Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Asqar Narziyevich Umarov tayinlovga qadar viloyat hokimining o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning tegishli qarori bilan Asqar Umarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi