Saidov “Markaziy Osiyo – Buyuk Britaniya” vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Londonda Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Davlat kotibi Ivett Kuper boshchiligida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo – Buyuk Britaniya” formatidagi birinchi vazirlar muloqotida ishtirok etdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

O‘zbekiston TIV rahbarining ta’kidlashicha, mazkur muloqot mintaqaning iqtisodiy rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha fikr almashish, shuningdek, Buyuk Britaniya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qilish uchun dolzarb va mazmunli platforma bo‘lib xizmat qilgan.

Savdo diversifikatsiyasi, sanoat kooperatsiyasi, barqaror infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, Markaziy Osiyoning strategik xomashyo resurslari va qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Qolaversa, Saidov Londonda shahzoda Edvard bilan uchrashgan.

Uchrashuv Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan Markaziy Osiyo mintaqasi talabalari bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikr-mulohazalarini tinglash hamda yoshlar almashinuvi, akademik mobillik va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada qo‘llab-quvvatlash yo‘llarini muhokama qilish uchun muhim imkoniyat bo‘lgan.

Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Davlat kotibi Ivett Kuper bilan ham strategik sheriklikni yanada kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha samarali va mazmunli muzokaralar olib borilgan.

“Muhokamalarimiz savdo va investitsiyalar, infratuzilmani barqaror rivojlantirish, energetika sohasidagi hamkorlik va mintaqaviy bog‘liqlikni o‘z ichiga olgan ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga qaratildi”, deyiladi xabarda.

Uchrashuv davomida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, “yashil” moliyalashtirish vositalaridan samarali foydalanish, ta’lim va akademik almashinuvlarni kengaytirish orqali amaliy natijalarga yo‘naltirilgan anglashuv memorandumlarini imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

London Baxtiyor Saidov Markaziy Osiyo – Buyuk Britaniya Edvard

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing