Saida Mirziyoyeva Alisher Usmonovning rafiqasiga minnatdorlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Moskvaga bordi. U Moskvada tarixda ilk bor o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etyapti.

Saida Mirziyoyeva gimnastika bo‘yicha JCHda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasini tabriklab, musobaqa tashkilotchisi milliarder Alisher Usmonovning rafiqasi Irina Viner-Usmonovaga minnatdorlik bildirdi.

“Mamlakatimiz terma jamoasini kuni kecha Moskvada ochilgan va tarixda birinchi bor o‘tkazilayotgan yuniorlar o‘rtasidagi badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgani bilan qutlayman.

O‘zbekiston sharafini 13-15 yoshli qizlarimiz - Kamila Abdullayeva, Nilufar A’zamova, Madina Irnazarova, Mumtozabonu Ishoqzoda, Madina Yunusova hamda Tahmina Ikromova va Yosmina Rahimova himoya qilmoqda.

Yetuk murabbiylar Tatyana Kun, Valeriya Grudnyak, Ra’no Muhamedova, Yelena Aslanova va Irina Kudryasheva munosib sportchilarni – bo‘lajak Olimpiya chempionlarini tayyorlaganiga ishonchim komil hamda ushbu musobaqa ularning faoliyati va hayotida tarixiy bo‘lishiga umid qilaman.

Omad sizga, aziz hamyurtlar!

Bunday ajoyib tadbirni yuqori darajada tashkil etgani uchun Irina Viner-Usmonovaga alohida minnatdorlik bildiraman!

Bu yerda men ko‘p karra jahon va Yevropa chempionlari, egizak opa-singillar – maftunkor Dina va Arina Averinalar bilan tanishdim”, degan Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, yuniorlar o‘rtasidagi badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionati ilk marta o‘tkazilyapti. Unda 61 mamlakatdan gimnastlar ishtirok etyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

343

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing