Rossiyalik 21 yoshli talaba davlatga xiyonat qilishda ayblandi
Olam
−
10 noyabr 2022 17269 1 daqiqa
Astraxanlik 21 yoshli talaba davlatga xiyonat qilganlikda ayblandi. Bu haqda BBC rus xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, davlatga xiyonatda ayblangan Gleb Verdiyan 2001 yilda tug‘ilgan bo‘lib, u Astraxandagi qurilish va iqtisodiyot universitetining 2-kurs talabasi.
Uning xiyonatda gumonlanishiga nima sabab bo‘lgani ko‘rsatilmagan. Ish materiallari maxfiylashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Rossiyada ushbu jinoyat uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.
Advokatlarga ko‘ra, Verdiyan Rossiyaning zamonaviy tarixidagi “xiyonat” moddasi bo‘yicha eng yosh ayblanuvchilardan biri.
Live
Barchasi