Rossiyada Twitterʼga qo‘yilgan blok olib tashlanishi taklif qilindi

Olam

image

Rossiya Davlat Dumasi deputati Anton Tkachyov Twitter ijtimoiy tarmog‘idan blokirovkani olib tashlash iltimosi bilan Roskomnadzor rahbari Andrey Lipovga murojaat qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

Tkachyov yo‘llagan murojaat maktubida Roskomnadzordan ijtimoiy tarmoqni qayta tekshirish va Twitterʼning Rossiyadagi faoliyatiga nisbatan qo‘llagan siyosatidagi o‘zgarishlarni baholashni so‘ragan.

Bundan tashqari, deputat murojaatida Rossiyada Twitterʼni blokdan chiqarish evaziga undagi barcha taqiqlangan kontentlarni olib tashlash hamda Rossiya ommaviy axborot vositalarini bloklashni bas qilishi kerakligini ta’kidlaydi.

“Twitter rahbarining o‘zgarishi bilan ijtimoiy tarmoq siyosati ham o‘zgarib bormoqda. Gap botlarga qarshi kurash haqida ketmoqda. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq allaqachon zo‘ravonlik, ta’qib qilish bilan bog‘liq siyosatni tartibga solgan”, deya qo‘shimcha qiladi Tkachyov.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 27 oktyabr kuni amerikalik milliarder Ilon Mask Twitterʼni sotib olish bo‘yicha 44 milliard dollarlik kelishuvni yakunlab, ijtimoiy tarmoq rahbariga aylangan edi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada Twitter ijtimoiy tarmog‘i mamlakat Qurolli kuchlari 24 fevral kuni Ukrainaga bostirib kirganidan ko‘p o‘tmay, mart oyining birinchi 10 kunligida bloklandi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing