Rossiya-Ozarbayjon munosabatlari sovuqlashgan bir paytda Putin Aliyevaga xat yozdi
Olam
−
22 avgust 16001 1 daqiqa
Bugun, 22 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevning rafiqasi va mamlakatning birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Tabriknoma matni Ozarbayjon Prezidentining matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
“Hurmatli Mehribon Arifovna, tug‘ilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklayman. Sizga mustahkam sog‘liq, baxt, farovonlik va faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman”, deya yozgan Putin.
Putin maktub oxirida Mehribon Aliyevadan turmush o‘rtog‘i Ilhom Aliyevga hamda Aliyevlar oilasining barcha a’zolariga salom yetkazishni so‘ragan.
Tabrik ikki davlat o‘rtasida oxirgi vaqtlarda taranglashgan munosabatlar fonida yo‘llangan. Aqtau shahrida Ozarbayjon samolyotining qulashidan so‘ng va ikki davlat hududida fuqarolarni qo‘lga olish voqealari sabab Moskva va Baku munosabatlari keskin o‘zgarib ketgandi.
Ma’lumot uchun, Mehribon Aliyeva 1964 yil 26 avgust kuni Baku shahrida tug‘ilgan. U Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning rafiqasi va mamlakatning birinchi xonimi hisoblanadi. 2017 yildan buyon Ozarbayjonning birinchi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritmoqda. Siyosatga kelishidan avval u Haydar Aliyev jamg‘armasiga rahbarlik qilgan, shuningdek, parlament deputati bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tgandi. Ular Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasining Ukrainadagi neft bazasiga Rossiya havo kuchlarining zarbalarini qoralagandi.
Live
Barchasi