Rossiya 9 davlatga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor

Olam

image

Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati (Rosselxoznadzor) bugun, 5 martdan 9 ta davlatdan, jumladan, O‘zbekistondan mamlakatga sabzavotlar olib kirishga qo‘yilgan cheklovni bekor qildi. Bu haqda "Interfaks" xabar berdi.

Armaniston va Ozarbayjondan pomidor, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘izistondan pomidor va qalampir, Misrdan kartoshka, Turkiyadan pomidor, qalampir, qovoq va baqlajon olib kirishga ruxsat berildi.

Bu tartib alohida ishlab chiqariluvchilarga qo‘yilgan cheklovlarni hisobga olmaganda ushbu 9 davlatning barcha hududidan olib kiriladigan mahsulotlarga tegishli.

“Qaror ushbu mamlakatlarning karantin va o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha milliy tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hududiylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi va YeOIIga a’zo davlatlarning fitosanitariya talablari buzilishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlili asosida qabul qilindi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4424

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing