Ronalduning transferi Van de Bek uchun muammoga aylanishi mumkin

Sport

image

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Donni Van de Bekning agenti Gvido Albers o‘z mijozining klubdagi istiqbollari haqida fikr bildirdi.

“Krishtianuning “Manchester Yunayted”ga o‘tishi – biz uchun yomon xabar. Pogba chap qanotda o‘ynaydi. Ronalduning maydondagi harakati yarim himoyada yana bir o‘yinchi bo‘lishini talab qiladi. Shuning uchun, Pogba endi chap qanotda emas markazroqda harakat qiladi. Sulsher va “Manchester Yunayted” rahbariyati bilan gaplashdik. Hozirda yangi klub izlayapmiz, Donni “Everton”ga o‘tishi mumkin. Biz liverpulliklar bilan muzokaralarni boshlamoqchimiz”, deydi Gvido Albers.

Shuningdek, agent Manchester murabbiyi bilan telefon orqali suhbat qilganini aytib o‘tdi: 

“31 avgust kuni, transfer oynasi yopilishidan bir necha soat oldin, Sulsher qo‘ng‘iroq qilib, transferning imkoni yo‘qligi haqida xabar berdi va Donni ertalab mashg‘ulotlarga kelishi kerak edi. Men unga Van de Bek Angliya kubogi, Yevropa ligasi yoki Liga kubogi o‘yinchisi emasligini tushuntirdim. U Premer ligada o‘ynash uchun Angliyaga ko‘chib o‘tgan va bunga munosib futbolchi. Donni atigi yetti kun dam oldi. U o‘z ustida ko‘proq ishladi va raqobatga tayyor. Yangi mavsumda ham imkoniyat berilishini intizorlik bilan kutamiz”. 

Eslatib o‘tamiz, Van de Bek 2020 yilda “Ayaks”dan ko‘chib o‘tgan va APL joriy mavsumida “Manchester Yunayted” safida birorta o‘yinda maydonga tushmadi.


Maqola muallifi

Teglar

MYu Krishtianu Ronaldu Donni Van de Bek Gvido Albers

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing