Ronalduning qasrida qurilish ishlari tezlashadigan bo‘ldi

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Lissabondagi uyini qurish ishlarini tezlashtirdi. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi.

37 yoshli futbolchi avvalroq salkam 20 million yevroga uy sotib olgandi. Ronaldu villa qurilish ishlarini 2023 yil yozigacha yakunlash uchun me’mordan qurilish sur’atlarini tezlashtirishni so‘ragan. 

Elita hududida joylashgan qasr Portugaliyadagi eng qimmat ko‘chmas mulkka aylanadi. Uy uch qavatdan iborat bo‘lib, maydoni 2,7 ming kvadrat metr, ochiq maydoni 544 kvadrat metr, turli bog‘lar va ulkan basseyndan iborat.

Ronalduning rafiqasi Jorjina Rodriges esa allaqachon besh farzandi uchun Lissabondan  maktab izlay boshlagan.

Avvalroq, hujumchi 2023 yilning qishida "Sporting"ga o‘tmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ronalduning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

279

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing