Ronalduning 2,1 million yevrolik Bugatti'si YTHga uchradi
Olam
−
21 iyun 2022 31289 1 daqiqa
Portugaliya milliy terma jamoasi va “Manchester Yunayted” klubi futbolchisi Krishtianu Ronalduning 2,1 million yevrolik Bugatti Veyron avtomobili Yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda “Diario de Mallorca” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bugatti Veyron avtomobillar harakati kam bo‘lgan yo‘ldagi uyga borib urilgan. Hodisa oqibatida gaz ballonlari saqlanadigan xo‘jalik xonasi shikastlangan.
Mashinani Ronalduning o‘zi emas, balki uning xodimi boshqargan. Haydovchi jabrlanmagan, ammo Bugatti Veyron'ning old qismi jiddiy shikastlangan.
Live
BarchasiChimyonda qor ko‘chkisi kuzatildi
20 aprel