“Rok-n-roll qirolichasi”ning o‘lim sababi oydinlashdi
Madaniyat-san’at
−
26 may 2023 13140 1 daqiqa
Musiqa olamining afsonaviy nomi, “Rok-n-roll qirolichasi” Tina Tyornerning o‘limi sababi aniqlandi. 83 yoshli Tyornerning o‘limiga tabiiy omillar sabab bo‘lgan. Bu haqda “Daily mail” xabar berdi.
Shveysariyaning Tsyurix yaqinidagi uyida hayotdan ko‘z yumgan musiqa olamining afsonaviy nomi Tina Tyornerning o‘lim sababi 48 soatdan keyin ma’lum bo‘lgan. “Rok-n-Roll qirolichasi” tabiiy sabablar tufayli olamdan o‘tgani aniqlangan.
Uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etgani aytilgan Tyorner hayotining so‘nggi yillarida saraton, insult va buyrak yetishmovchiligi kabi sog‘liq muammolariga duch kelgan.
Eslatib o‘tamiz, afsonaviy qo‘shiqchi Tina Tyorner shu yilning 24 may kuni Shveysariyadagi uyida vafot etgani haqida dastlabki ma’lumotni bergan edik.