Rim papasi Rossiya va Ukrainaning o‘rtasiga tushmoqchi

Olam

image

Papa taxti Rossiya va Ukraina o‘rtasida muzokaralarni Vatikanda o‘tkazishni taklif qilmoqda va muzokaralar olib borayotgan delegatsiyalarning aloqalarida vositachi bo‘lishni xohlayapti. Bu haq “La Stampa” gazetasi yozmoqda.

Nashr Rim papasining yaqinda qilgan bayonotiga ishora qilgan. Katolik cherkovi rahbari Vatikan harbiy mojaroni hal qilish yo‘llarini qidirayotganini aytgandi.

Nashrning qayd etishicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojaro masalasida tinchlikparvar ritorika Vatikanda 24 oktyabrdan keyin yangray boshlagan. Shu kuni Rim papasi Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan suhbatlashgandi. “Le Point” nashrining yozishicha, Fransiya Prezidenti Rim papasidan Ukrainadagi mojaroni hal qilishda yordam berish uchun AQSH va Rossiya yetakchilari bilan bog‘lanishni so‘ragan.

4 noyabr kuni Rim papasi Fransisk Bahraynda “Dinlar o‘rtasidagi muloqotning ahamiyati” forumida Tatariston rahbari Ruslan Minnixonov bilan uchrashdi. RF Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Rim papasi Fransisk bilan mojaroni hal qilish variantlarini muhokama qilishga tayyorligini aytdi.

8 noyabr kuni Rossiyaning Vatikandagi elchisi Aleksandr Avdeyev Rim papasi Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashinuvida ishtirok etayotganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

157

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing