Referendumga mone’lik qiluvchi holatlar aniqlanmadi – Konstitutsiyaviy sud

Jamiyat

image

Bugun, 13 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarorining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudning majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qonunchilik palatasi tomonidan yuborilgan ikkita huquqiy hujjat – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qonun loyihasi” va ushbu loyihani qabul qilish to‘g‘risidagi referendum qarori muhokama qilindi. Sud majlisida Senat, Qonunchilik palatasi vakillari, shuningdek, sud-huquq, yuridik sohada faoliyat yurituvchi olimlar va ekspertlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, mazkur ikki hujjat bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Sud majlisidan so‘ng Konstitutsiyaviy sud o‘z qarorini ma’lum qildi.

“Konstitutsiyaviy qonun loyihasining har bir bandi batafsil o‘rganib chiqildi va o‘rganib chiqish natijasiga ko‘ra, referendumga qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan masala aniqlanmadi”, deyiladi Konstitutsiyaviy sud xulosasida.

Eslatib o‘tamiz, 10 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendumni 2023 yil 30 aprelda o‘tkazish belgilangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing