Putin Makronning yaxshi “dallollik” qilayotganini olqishladi 

Olam

image

Xabar berib borayotagnimizdek, bugun, 7 fevral kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan ucharashish uchun Moskvada bo‘lib turibdi. 

Ma’lum qilinishicha, mamlakat rasmiylari Rossiya-Ukraina mojarosi hamda Yevropada xavfsizlikni ta’minlash borasida muzokalar olib boradi.

O‘zining fransiyalik hamkasbi bilan uchrashuv avvalida Prezdiyent Putin, Yevropa mintaqasidagi xavfsizlik masalasida Moskva va Parij yakdil ekanini urg‘uladi. 

“Keskinlashayotgan vaziyat fonida Moskva va Parijning Yevropada xavfsizlikni ta’minlash borasida muzokalar o‘tkazishi o‘ta muhim. Men, albatta, yaxshi bilaman – Yevropa xavfsizligi borasida sodir bo‘layotgan voqelardan hammamiz xavotirdamiz”, deya bildirgan Putin.
 

Bundan tashqari, Putin mintaqada xavfsizlikni ta’minlash borasida ko‘rsatayotgan faolligi uchun Makronga minnatdorlik izhor qilgan.  

“Ushbu masala bo‘yicha Fransiya muhim qarorlar qa’bul qilib, faollik ko‘rsatayotgani uchun sizga rahmat aytmoqchiman”, degan Rossiya rahbari. 

Putinning qo‘shimcha qilishicha, ikki mamlakat rasmiylarining aynan bugun uchrashishi ham bejizga emas.

“Bugungi uchrashuv haqida kelishuv olib borayotganimizda, boshidanoq aynan shu kunni tanlaganimiz bejizga emas. Chunki bundan roppa-rosa 30 yil avval muhim hujjat – Rossiya va Fransiya o‘rtasida alohida munosabatlar to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan edi”, deya ta’kidlagan Kreml rahbari. 

Putinga ko‘ra, Yevropada xavfsizlikni saqlab turish borasida Fransiya muhim rol o‘ynaydi.

“Sizdan oldingi Fransiya rahbarli ham xuddi siz kabi Yevropa xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarda muhim qarorlar qabul qilishgan. Biz buning isboti sifatida, Gruziyaning Janubiy Osetiyaga uyushtirgan hujumi ortidan Yevropada yuzaga kelgan inqirozni bartaraf uchun “Minsk kelishuvi”, undan keyin Normand formatidagi muzokaralarda Fransiyaning sa’y-harakatlarini ta’kidlashimiz kerak”, degan Putin.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya tomoni Prezident Emmanuel Makronning Rossiyaga safari Ukraina atrofidagi inqirozni hal qilishga xizmat qilishiga umid bildirmoqda.  

Kreml esa Rossiya va Fransiya Prezidentlari o‘rtasida o‘tadigan muzokaralaridan so‘ng, Ukraina atrofidagi vaziyatda burilish nuqtasi bo‘lishini kutmayapti. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

531

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing