Putin Bayden va G‘arb yetakchilarini Yangi yil bilan tabriklamadi

Olam

image

Bu safar Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Amerika yetakchisi Jo Bayden va boshqa G‘arb davlatlari rahbarlariga yangi yil tabrigi yo‘llamadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Putin an’anaga ko‘ra, xorijlik hamkasblarini Yangi yil va dekabr oyi oxirida Rojdestvo bayrami bilan tabriklaydi. 30 dekabr kuni Kreml Rossiya Prezidentidan shunday telegramma olgan rahbarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ular orasida Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH, Fransiya, Yaponiya va boshqa yirik davlatlarning rahbarlari yo‘q.

Putin ularga ketma-ket ikkinchi yil bayram oldidan xabar yubormadi.

Bundan tashqari, ro‘yxatga xalqaro tashkilotlar va yetakchi sport federatsiyalari rahbarlarining birortasi ham kiritilmagan. Putin an’anaviy tarzda tabriklaydigan sobiq davlat va hukumat rahbarlari ro‘yxatidan Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel ham "o‘chirilgan".

Yevropa yetakchilaridan faqat Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing