Prezident saylovida MDH kuzatuvchilariga kim rahbarlik qilishi aniq bo‘ldi

Olam

image

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedev O‘zbekistonda 9 iyulga belgilangan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Hamdo‘stlik kuzatuvchilari missiyasini boshqaradi. Bu haqdagi qaror MDHga a’zo davlatlarning Hamdo‘stlikning ustav va boshqa organlari huzuridagi doimiy vakolatli vakillari kengashi yig‘ilishida qabul qilingan. 

O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi joriy yilning 30 aprelda bo‘lib o‘tgan referendum bilan qabul qilindi. Konstitutsiya 1 may kunidan boshlab kuchga kirdi. Unga ko‘ra, Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritildi, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshirildi. 

Referendum orqali qabul qilingan Konstitutsiya bilan amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyevning muddati nollashdi. Bosh qomusning 106-moddasiga ko‘ra endilikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ikki marta yetti yil muddatga saylanishi mumkin. 

O‘zbekistonda navbatdan tashqari prezident saylovi joriy yilning 9 iyuliga belgilangan. Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Xudoyqulovich Hamzayev, Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Ilyosovich Inoyatov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Anvarovna Mahmudova, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik uchun kurashadi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Sergey Lebedev O'zbekiston Prezidenti saylovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing