Prezident IT bo‘yicha viloyat hokimlariga muhim topshiriq berdi

Jamiyat

image

Viloyat hokimlari bir oy muddatda “Astrum” akademiyasiga kelib, barcha sharoit va imkoniyatlarni ko‘zi bilan ko‘rib, o‘z hududida kamida 1 tadan shunday IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlashi kerak. Bugun, 29 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  ularga shunday vazifa yukladi. 

“Bugungi muloqotimizni o‘tkazish uchun "Astrum" akademiyasini bejizga tanlamadim. Bu yerda yuzlab yoshlar eng zamonaviy dasturlash ko‘nikmalarini egallayotgani, ayniqsa, o‘qish davomidayoq daromad topayotgani quvonarli,  albatta. Boshqa hududlarda ham bunday IT akademiyalar tashkil qilish istagida bo‘lganlarning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz, barcha masalalarini hal qilib beramiz”, degan davlat rahbari.

Xorijiy hamkorlar bilan birga maktab, litsey, kollej, texnikum va oliygohlarda o‘quvchi va talabalarning IT ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Prezident bu dastur kelgusida ham davom ettirilishini aytdi.

"Kelgusi besh yilda mamlakatimiz IT xizmatlari eksportini 1 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz. Agar yoshlarni IT kasblarga o‘qitishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, ularni sifatli infratuzilma, kompyuter va kafolatli buyurtma bilan ta’minlasak, albatta, bu marraga bemalol erishamiz", degan Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident yig'ilishi

Baholaganlar

205

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing