Pokiston Xitoydan yordam so‘radi
Olam
−
29 iyul 2019 4077 1 daqiqa
Pokistonning fan va texnologiyalar vaziri Favad Chaudhuri 2020 yilda uning idorasi 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan kosmik parvoz uchun kosmonavtlarni tanlashni boshlashini ma’lum qildi. Bu haqda Regnum.ru xabar bermoqda.
Favad Chaudxuri o‘zining Twitter`dagi rasmiy sahifasida Islom respublikasining birinchi kosmonavtini tanlash jarayoni haqida so‘zlab berdi. Chaudxurining so‘zlariga ko‘ra, avval 50 kishi tanlanadi, 25 eng yaxshisi keyinroq tanlanadi va faqat o‘n kishi kosmik parvoz uchun maxsus mashg‘ulotlardan o‘tadi.
Vazir jurnalistlarga bergan intervyusida Pokiston havo kuchlari birinchi kosmonavtini tanlash va tayyorlash uchun javobgarligini va tanlangan barcha da’vogarlar harbiy uchuvchilar bo‘lishini ta’kidladi. Chaudxurining fikriga ko‘ra, bu amaldagi xalqaro amaliyotga mos keladi. Shuningdek, Pokiston birinchi kosmosga chiqishda Xitoyning yordamiga tayanmoqda va bu borada maxsus bitim ham imzolangan. Xitoy esa allaqachon Pokiston yo‘ldoshlarini uchirdi.
Live
Barchasi