Pentagon rahbari AQSH uchuvchilariga Qrim atrofida o‘ralashmaslikni buyurdi
Olam
−
11 aprel 2023 10301 1 daqiqa
Internetda tarqalgan Pentagon va Amerika razvedkasining maxfiy hujjatlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vaziri Lloyd Ostin havo kuchlari uchuvchilariga Qrimga yaqin uchmaslikni buyurgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “The Washington Post” nashri xabar berdi.
Internetda tarqalgan hujjatlardan birida Qora dengiz xaritasi bilan Amerika razvedka apparatlari ucha oladigan hududlar ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, Qrimdan 80,4 kilometr uzoqlikdagi chiziq SECDEF Directed Standoff deb belgilangan. Manbaga ko‘ra, bu Pentagon rahbari amerikalik uchuvchilarga samolyotlarni yarimoroldan uzoqroq tutishni buyurganidan dalolat beradi.
Yana bir hujjat Fransiya va Britaniya samolyotlari hamda Amerika dronlarining, jumladan, Qora dengizga qulagan MQ-9 Reaper’ning razvedka parvozlariga taalluqli. Unda Rossiya Federatsiyasi chegaralari yaqinida Amerika, Buyuk Britaniya va Fransiya harbiy-havo kuchlarining parvozlariga Rossiyaning munosabati haqida so‘z borgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 mart kuni AQSH harbiy-havo kuchlarining MQ-9 Reaper droni Qrim yaqinidagi Qora dengizning xalqaro suvlarida halokatga uchragan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi Amerika uchuvchisiz samolyotining qulashiga keskin manyovrlar sabab bo‘lganini aytsa, Pentagon uni Rossiya kuchlari urib tushirganini ta’kidlagan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr