Pentagon rahbari harbiy maqsadlarda 12 ta Signal chatidan foydalangan – WSJ
Olam
−
06 may 3439 2 daqiqa
Pentagon rahbari Pit Hegset harbiy masalalar uchun Signal messenjerida bir nechta chatlardan foydalangan. Bu haqda manbalarga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Hegset kamida 12 ta chatdan foydalangan. Chatlardan birida u o‘z yordamchilariga harbiy amaliyotlar haqida xorijiy hukumatlarni xabardor qilishni aytgan.
Hegset, shuningdek, messenjerdan OAVdagi chiqishlar, chet el safarlari, uning jadvali va boshqa maxfiy emas, ammo konfidensial ma’lumotlarni muhokama qilish uchun foydalangan.
Avalroq “Associated Press” agentligi Hegsetning Pentagondagi idorasi o‘rnatilgan xavfsizlik protokollarini chetlab o‘tgan himoyalanmagan internetga kirish nuqtasi bilan jihozlangani haqida xabar bergan edi. Vazir Signal'dan foydalanish uchun himoyalanmagan kanal orqali internetga kirgan.
Avvalroq “Tha Washington Post”nashri manbalarga tayanib, Hegset Pentagonda uyali aloqa xizmati yo‘qligining o‘rnini qoplash uchun o‘z kompyuteriga maxfiy ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallanmagan messenjer o‘rnatganini xabar qilgan edi.
20 aprel kuni “The New York Times” manbalariga tayanib xabar berishicha, 15 mart kuni Hegset Pentagon xodimi bo‘lmagan rafiqasi Jennifer, uning ukasi Fil va shaxsiy advokati Tim Parlatore (ikkalasi Pentagon xodimi) bilan suhbat chog‘ida Yaman husiylariga hujum qilgan F/A-18 Hornet qiruvchilarining parvoz jadvalini e’lon qilgan.
Nashrga ko‘ra, janjal mavzusiga aylangan AQSH ma’muriyati rasmiylarining Signal'dagi suhbatidan farqli o‘laroq, ikkinchi chat Pentagon rahbari tomonidan shaxsan yaratilgan va uning atrofidagi o‘nga yaqin odam ishtirok etgan. AQSH Mudofaa vazirining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi Shon Parnel bu xabarlarni rad etgan.
Live
Barchasi